Koʻkgumbazlik bolajonlar endi zamonaviy ta’lim oladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish so‘nggi yillarda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Jumladan, hududlarda bolalarni tarbiyaga qamrab olish ko‘rsatkichini yaxshilash mahalliy davlat hokimiyati va sektor rahbarlarining bevosita vazifasi etib belgilangan. Shu asosda tumanimizda ham aniq rejali loyihalar ro‘yobga chiqarilmoqda. Bunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bir qatorda uy-bog‘chalar, davlat-xususiy sheriklik asosidagi muassasalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Koʻkgumbaz mahallasida bu boradagi ko‘rsatkich yaqin yillargacha qoniqarli emasdi. Besh ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda bitta uy-bog‘cha tashkil etilgan bo‘lib, qamrov 30 foizga ham yetmagan.

Bu boradagi sa’y-harakatlar natijasida sobiq 35-umumta’lim maktabi binosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi. Tadbirkor Qobil Saidahmedov sarmoyasi asosida qayta ta’mirlangan muassasa 150 nafar bolalarni tarbiyaga qamrab olish imkonini beradi. Barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ochilish marosimida 2-sektor rahbari J.Ahmedov, tuman hokimi oʻrinbosari J.Rajabov hamda jabmoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir doirasida 3 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazildi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM