25 ta mahallada saylov o‘tdi. Davomat 71 foiz

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda mahalla raislari saylovi qizg‘in davom etmoqda. Siyosiy jarayonlar 16 may kuni boshlangan bo‘lib, bugungi kungacha 25 ta hudud aholisi o‘zi munosib bilgan nomzodlarni sayladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tumanimizda 38 ta mahalla mavjud. Saylov bo‘lib o‘tgan hududlarda 73 ming 862 nafar ovoz berish huquqiga ega aholi ro‘yxatga olingan bo‘lib, qonunchilik asosida ularning 8867 nafari vakil sifatida belgilangan.

To‘rt kun davom etgan tadbirlarda 6339 nafar vakillar o‘z huquqidan foydalangan holda saylovda qatnashdi. Bu davomat 71 foizdan oshganini anglatadi. Demak, saylovlar rasman o‘tgan, deb hisoblanishiga asoslar mavjud.

25 ta mahalla raisligi uchun 64 nafar nomzod bellashdi. Aholiga o‘z dasturi, maqsadlari yuzasidan taqdimot qilishiga imkon berildi. Shaffof, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri tamoyili asosida aholi eng munosib bilgan nomzodlar saylandi.

Saylangan raislarning 10 nafari 60 yoshgacha, 15 nafari 60 yoshdan oshganlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 2 nafari ayollardir.

Nomzodlarning 10 nafari birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, aholi tomonidan ishonch bildirildi, 15 nafar amalagi raislar ikkinchi muddatga saylandi.

Qolgan 13 ta mahallada 20-, 21-may kunlari saylov o‘tishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM