Ko‘kgumbaz tajribasi respublika darajasida taqdimot qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ko‘kgumbaz mahallasida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Tuman hokimligi va prokuratura organlari bilan hamkorlikdagi tadbir aholining barcha qatlamlarini qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qayd etish joizki, 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi 2370 nafar fuqaro ijtimoiy daftarlarga kiritilgan. Shundan 1120 nafarining bandligi ta’minlanmagan bo‘lib, o‘rganish jarayonida ishlash istagini bildirgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish maqsadida 35-umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosida kasb-hunarga o‘rgatish maskani tashkil etilgan. Bu yerda oshpazlik, qandolatchilik, tikuvchilik, ayollar sartaroshligi, duradgorlik yo‘nalishlarida ayollar va yoshlar saboq olishmoqda.

– Muassasamizda 63 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan, shuningdek, 34 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, – deydi markaz direktori o‘rinbosari G.Ahmedova. – Kelgusida o‘quvchilarimiz tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zini o‘zi band qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Seminar davomida o‘quv jarayonlari ishtirokchilarga taqdimot qilindi. Shuningdek, sektor ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tuman madaniyat bo‘limi xonandalari, 10-son musiqa va san’at maktabi, “Barkamol avlod” ijodiyot markazi o‘quvchilari tayyorlagan badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilarining erishayotgan yutuqlari namoyish etildi.

***

Mahalla tizimini quyi bo‘g‘inning mustahkam poydevoriga aylantirish borasida yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda o‘zini o‘zi boshqarish organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega.

Tumanimizda ham bu borada xayrli ishlar ro‘yobga chiqmoqda.

Ko‘kgambaz mahalla fuqarolar yig‘ini yaqin vaqtlargacha o‘z binosiga ega emasdi. Islohotlar samarasi o‘laroq xususiy sherikchilik asosida zamonaviy majmua qurilib, foydalanishga topshirildi. Seminar doirasidagi tadbirlar tantanali ochilish marosimiga ulandi. Shuningdek, mahalla markazida barpo etilgan ikki qavatli maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va savdo do‘koni tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.

Mahalla aholisi uchun tibbiy ko‘rik, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. “Qaldirg‘och” bolalar yozgi dam olish maskanida o‘tkazilgan tuman ijodkorlarining adabiy uchrashuvi seminarga yakun yasadi. Tinchlik va birdamlikni, bunyodkorlik, zamonamiz qahramonlarining hayotiy jasoratlarini tarannum etuvchi she’rlar tadbirga shukuh berdi.

Tadbirlarda respublika bosh prokurori o‘rinbosari Shohruh Aminov qatnashdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM