Islom mo‘tadillikka chaqiradi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Dinimizning har bir hukmida hikmat yashiringan. Ayniqsa, har narsada me’yor va mo‘tadillikni saqlash islom shariati belgilaridan biridir. Musulmon kishi odobida ham, bahs-munozarada ham, muomalada ham, tashqi qiyofa, libos kiyishda ham ushbu tartibga amal qilishi kerak.

Inson ikki – ichki va tashqi dunyodan tarkib topgan. Botin ya’ni, qalbimiz birinchi navbatda pok bo‘lishi imonimizni belgilaydi.

Zero, No‘mon ibn Bashr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom “Jasadda bir parcha go‘sht bor. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur. Ogoh bo‘lingkimm ushbu narsa qalbdir, deya marhamat qilganlar.

Tashqi olamimiz esa o‘zimizni tutishimiz, amallarimiz va libosimizdan iborat. Bular orqali botindagi imonimizni tasdiqlaymiz.

Dinimzda libos ozoda va tartibli bo‘lishi buyurilgan. Zotan, kiyim inson ziynatidir. “A’rof” surasining 26-oyatida “ Sizlarga avratlaringizni berkitadigan libos va patlar (ziynat kiyimlari)ni tushirdik. (Ammo) taqvo libosi – bu, yaxshiroqdir. Bu(lar) Allohning mo‘jizalaridandir”, deb qayd etilgani bejiz emas.

“Avrat” so‘zi inson o‘zining qadri va hayosini muhofaza qilish uchun bekitishi zarur bo‘lgan tana a’zolarini anglatadi. Bu islomda farz sanaladi.

Shuningdek, dinimizda maxsus ibodat libosi yo‘q. Asosiy talab erkak kishi kiyinishda o‘zini ayollarga o‘xshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi kerak. Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, ayol kishi o‘ranganida ikki qo‘lining kafti va yuzidan boshqa a’zolarini yopishi vojibdir.

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda ayrim xotin-qizlarning mazhabimizga xilof va milliy urf-odatlarimizga zid tarzda yuz va qo‘llarini to‘sib olish, burqa va niqob taqib olish holatlari uchrab turibdi. Aslida har bir narsada bo‘lgani kabi kiyimda ham mo‘tadil bo‘lish maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatimiz vakillari ikki qutbga bo‘linib, bu borada bahs qilishadi. Vaholanki, Qur’oni karim va Hadisi sharifda ayni masala aniq yechimi bilan berilgan. Demak, ortiqcha bahsga hojat yo‘q. Uning o‘rniga xalqimiz va Vatanimiz uchun naf keltiradigan masalalarda bosh qotirsak, yaxshi edi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Odamlarning Allohga eng sevimlisi – boshqalarga foydasi ko‘proq tegadiganidir”, deganlarini unutmaytlik.

Nurbek XIDIROV,

tuman bosh imom-xatibi.

 

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM