Faxriy pedagoglar maktablarda jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Keksa nuroniylar, nafaqadagi ustozlarning hayotiy tajribasidan unumli foydalanish har bir sohada ijobiy samara beradi. Tumanimiz maktablarida ta’lim samaradorligini oshirish uchun ushbu jihat ham inobatga olingan. Navbatdagi tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov uzoq yillar sohada ishlab, hurmat-e’tibor qozongan nafaqadagi ustoz-pedagoglar bilan muloqot qildi. Ularning bilim-tajribasidan foydalangan holda ta’limda erishilayotgan natijalarni yanada yaxshilash fikri ilgari surildi.

– Sizlar bir necha avlodga ta’lim-tarbiya bergan insonlarsiz, – dedi hokim. – Yurtimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Uchinchi renesans g‘oyasi bejiz ishlab chiqilmadi. Endi ta’limni tubdan isloh qilish, farzandlarimiz qobiliyatini rivojlantirish, maktablarimiz moddiy-texnik bazasini mustahkamlash vazigasi oldimizda turibdi. Bunda Siz kabi fidoyilarning maslahat va ko‘magingizga muhtojmiz.

Samimiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda faxriylar hududlardagi maktablarga jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga vakolatli xalq vakili sifatida biriktirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM