Mallayevning hisoboti keyingi sessiyaga qoldirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda navbatdagi sessiya kun tartibi muhokama etildi.

Jumladan, aholi murojaatlari ijrosi yuzasidan xalq qabulxonasi mudiri I.Oltiboyev, investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi holati yuzasidan tuman hokimini o‘rinbosari A.Sa’dullayev deputatlar oldida hisobot berishi belgilangan. Doimiy komissiya yig‘ilishida mazkur mutasaddilar axboroti eshitildi.

Shuningdek, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi ham navbatdagi sessiyada tahlil qilinishiga kelishildi.

Aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili puxta hozirlik ko‘rilishi uchun navbatdagi sessiya kun tartibidan qoldirildi. “Jomboy tuman gaz” ta’minot bo‘limi boshlig‘i S.Mallayev keyingi oyda o‘tadigan sessiyada hisobot berishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM