Uch mahallada kutubxona ish boshladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotini yanada kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqti samarali o‘tishini ta’minlash bugungi kunning muhim vazifasi sanaladi. Bu borada tumanimizda amalga oshirilayotgan loyihalar e’tiborga molik.

Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda jomboylik yoshlar chekka hududlarda yengil konstruksiyali kutubxonalar tashkil etish taklifini ilgari surgandi. Bu g‘oya qo‘llab-quvvatlanib, ko‘chma ziyo maskanlarining dastlabki namunasi tumanimizda tashkil qilinishi belgilandi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qisqa fursatda 6 ming nusxadagi kitoblar karvoni yetib keldi. Sarqipchoq, Nayman va Qoramo‘yin aholisi uchun 2 ming nusxadan ajratildi.

Mahalla kutubxonalarining ochilish marosimida sektor rahbarlari ishtirok etib, badiiy asarlar mutolaasining inson kamolotidagi o‘rniga to‘xtalishdi. Prezident ilgari surgan “Besh muhim tashabbus” tarkibiga kitobxonlik targ‘iboti ham kiritilgani bejiz emasligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan 10 ta maktab kutubxonalari uchun ming nusxa kitoblar ajratildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM