Muhammad Yusuf jomboyliklar uchun hamisha qadrli bo‘lgan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Taniqli shoira, Muhammad Yusuf nomidagi xalqaro xayriya fondi raisi Nazira Assalom tumanimizda bo‘lib, jomboylik ziyolilar bilan muloqot qildi. Tadbirda yozuvchilar uyushmasi a’zolari, “Umid” klubi faollari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, Nazira Assalom yetuk adabiyotshunos olim, akademik G‘aybulla Assalomning qizi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning rafiqasidir.

Shuningdek, adabiy gurungda taniqli shoirlar O‘lmasbek Samarqandiy hamda Sanjarbek Safarov qatnashdi.

Ustozlar Yormamat Rustamov, Hafiza O‘sarova, Bibirajab Elbekovova Muhammad Yusufning xalqimiz qalbiga muhrlangan ijodiyoti haqida so‘zlashdi. Ayniqsa, ustoz shoirning jomboylik pedagog Bo‘riboy Ahmedov bilan yarim asr davom etgan do‘stligi tadbir ishtirokchilarini to‘lqinlantirdi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, yosh avlodga xalq shoirlari qoldirgan adabiy merosni yetkazish ahamiyatiga to‘xtaldi.

– Muhammad Yusuf nomi jomboyliklar uchun hamisha qadrli bo‘lgan, – dedi hokim. – U kishining tumanimizdan yetishib chiqqan ziyolilar bilan do‘st tutingani, bolalikdagi aloqalar bir umr bardavom bo‘lgani yoshlar uchun ibratdir.

Tadbir she’rxonlikka ulandi. Tuman hokimligi va xayriya fond o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga kelishib olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM