Rizqimiz o‘tda kuymasin

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla pishib yetilmoqda. Shu kunlarda tumanimiz bobodehqonlari mehnatlari samarasi bo‘lgan hosilni o‘rib-yig‘ib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bundada nobudgarchilikka, talon-tarojga yo‘l qo‘ymaslik bilan bir qatorda yong‘in xavfsizligi qonun qoidalariga rioya qilish ham muhim o‘rin tutadi. Buni e’tiborga olgan holda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari fermer va ishchi xizmatchilar o‘rtasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishyapti. O‘rim jaayonida qatnashishi kutilayotgan kombaynlar va g‘alla tashuvchi transport vositalarining yong‘inga qarshi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda. Ayniqsa, o‘rimdan so‘ng g‘alla maydonlarini yoqib yubormaslik tushuntirilmoqda.

Bundan tashqari yurtdoshlarimizga quyidagi qoidalarni eslatib o‘tmoqchimiz:

G‘allasi o‘rib olingan g‘alla maydonlaridagi somonlarni yig‘ishtirib olish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling;

– G‘alla maydonlaridagi somonlarni yig‘ishtirib olish vaqtida sigaret chekmang, ochiq olov yoqmang va har xil elektr moslamalarini ishlatmang;

– Somonlarni yig‘ishtirib, tez fursatda kerakli joylarga joylashtiring;

– Uyingiz oldidagi ko‘chaga to‘kilgan samonlarni qarovsiz qoldirmang;

– Somon va xashaklarni hovli xududidagi tandir, o‘choq va olovli ishlar bilan shug‘ullanadigan joylardan uzoqda saqlang;

– Yosh bolalarni qurigan somonlar atrofida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang;

– Somonlarlarni elektr simlari o‘tkazilgan joylar tagida saqlamang;

– Molxona va somon-xashaklar bosilgan joylardagi elektr simlarini mutaxassis yordamida izolyatsiyalang;

– Somon-xashaklar bosilgan joylarda yoqilg‘i moylash materiallarini (benzin, solyarka va kerosin) saqlamang;

– Somon va xashaklar bosilgan joylar atrofini to‘siqlar bilan o‘rab oling;

Yuqorida ko‘rsatilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilsak, yil davomida qanchadan-qancha mehnatlar evaziga yetishtirilgan g‘allani, chorvamiz uchun zarur bo‘lgan samon va xashaklarimizni, qolaversa, mol-mulkimizni ofatdan saqlagan bo‘lamiz.

Rashid JO‘RAYEV,

tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM