Yosh umrga zomin bo‘lgan “ajal urug‘i”

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yish dunyo hamjamiyati oldida turgan global muammolardan biridir. Uni yetishtirgan shaxslar uchun qonunlarimizda qatʼiy jazo belgilangan. Davron Qurbonov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) singari yoshlarning taqiqlarni chetlab o‘tib, jinoyat ko‘chasiga kirayotgani kishini tashvishga soladi.

Achinarlisi, bu voqealar qaysidir chekka hududda emas, ko‘z oldimizda yuz beryapti. Endigina 27 yoshga qadam qo‘ygan Davron Yerteshar qishlog‘ida yashaydi. U oson yo‘l bilan pul topish ilinjida qabih ishga qo‘l urdi.

Xonadoni tekshirilganda 2080 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani ayon bo‘ldi. Bundan tashqari, quritib, polietilen qopga solingan 98 kilogramm giyohvand moddasini sotish uchun saqlab kelayotgani aniqlandi.

U sudda qilmishiga iqror bo‘lib, pushaymon ekanligini bildirdi. Yengil jazo berishlarini so‘radi. Giyohvand moddalarni o‘z isteʼmoli uchun yetishtirganini aytdi. Ammo jinoyatga jazo muqarrar.

Yoshlikda ilm olib, kasb-hunar egallash, foydali ish qilish o‘rniga panjara ortida o‘tirishdan yomoni bo‘lmasa kerak.

Sherzod ERGASHBOYEV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM