Oliy ta’lim olish istagidagi xotin-qizlar diqqatiga!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (qo‘shimcha 500 ta kvota) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘qishga qabul qilish oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Talabgor:

– O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

– Tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

– O‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur.

Tavsiyanoma 3 yil davomida faqat bir marta amal qiladi.

Tavsiyanoma olish uchun nomzodlar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limiga murojaat qilishlari kerak. Ariza va hujjatlar 7 iyungacha ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10 iyungacha qo‘mitaga taqdim etiladi.

Hujjatlar 14 iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qo‘mita buyrug‘i chiqariladi.

Ishchi guruh har yili 15 iyunga qadar tavsiyanomalarni talabgorlarga yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlov umumiy tartibdagi kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy-ijodiy imtihon) shaklida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori balning 30 foizidan ortiq hajmini jamg‘ara olgan xotin-qizlar ketma-ketlikka qat’iy rioya qilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM