58-sessiya to‘liq ta’lim mavzuiga bag‘ishlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 58-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Prezident qarorining tumandagi ijrosi hamda 4-, 12-, 19-, 45-, 48-umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni saralash to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Dastlabki mavzu yuzasidan tuman kengashi deputatlari Komila Umarova hamda Nodira Baratova so‘zga chiqdi. Agrotexnologiyalar texnikumi va axborot texnologiyalar texnikumi, shuningdek, 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablari faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari kengashga taqdim etildi. Muassasalarda ijro intizomi, davomat va ta’lim samaradorligi holati deputatlar e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ogohlantirish berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi mavzu muhokamasidan so‘ng Aziz Safarov 4-, Rustamjon Norqulov 12-, Ilhom Vohidov 19-, Nodir Pardayev 45-, Jonibek Bolbekov 48-umumta’lim maktabi direktorligiga ma’qullandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM