Uch ota aliment sabab qamoqqa olindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida farzandlariga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga oid ish ko‘rib chiqildi.

Amaldagi qonunlarimizda voyaga yetmagan bolaga ta’minot berish majburiydir. O‘z burchini ixtiyoriy bajarmagan ota-onadan aliment undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituvida ayni paytda mingga yaqin aliment va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjudligi kishini o‘ylantiradi.

Joriy yilning o‘tgan davrida davlat ijrochilari amalga oshirgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari natijasida 60 dan ortiq oila yarashganligini ta’kidlash joiz. Jigarbandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan 40 nafarga yaqin otalar esa ma’muriy jazoga tortilgan.

Navbatdagi ochiq sud majlisida yana uch nafar shunday shaxslar ishi ko‘rildi. Jumladan, fuqaro A.U. ikki farzandi ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor ota o‘z burchidan surunkali bo‘yin tovlab kelgan. Yoki D.X. bir farzandi, O.U. ikki nafar farzandi uchun aliment to‘lamayotgani aniqlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ularga 15 sutka qamoq jazosi tayinladi. Xulosa chiqarmaslik, ikki oy va undan ortiq muddatda aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Abdulla SATTOROV,
davlat ijrochisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM