Zubaydullo XOLMATOV: Tumanda yil oxirigacha aholining sportga qamrovi 22 foizga yetkaziladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 24, 2024-yilda 26 va 2025-yilda 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Quyida tuman sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Zubaydullo Xolmatov yuqoridagi rejalar va tumanda sportni rivojlantirish borasidagi ishlarning bugungi ahvoli haqida so‘z yuritadi.

Bugungi kunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida 1 ta sport ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Tumandagi 56 ta umumta’lim maktablarining 22 ta maktablar sport zali va sport maydonlarida, Mazkur inshootlarda 50 nafar trener-o‘qituvchi 24 sport turi bo‘yicha 1 ming 485 nafar yoshlarga mashg‘ulot o‘tyapti.

2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportning rivoji uchun muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Tumanda o‘tgan davr mobaynida ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash va aholining ommaviy sportga jalb qilish ko‘lamini oshirish maqsadida 5,2 kilometr salomatlik, 5,2 kilometr velosiped yo‘laklari, 3 ta mini-futbol, 4 ta badminton, 46 ta “Workout”, 7 ta stritbol maydonchalari foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 2022-yil 11-aprelda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan, tumandagi 38 mahallada 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning to‘qqiz turi bo‘yicha besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu ommaviy sport musobaqalarida tumanimizdan 10 ming 710 nafar, ya’ni yoshlarning 17 foizi qamrab olindi. Turnir natijasiga ko‘ra, yoshlarimiz mazkur musobaqaning respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, joriy yilning birinchi yarim yilligida tumanimiz sportchilari jahon, xalqaro, Osiyo va O‘zbekiston birinchiliklarida munosib ishtirok etib, 149 medalni qo‘lga kiritdi. Shundan jahon chempionatida 5 ta, xalqaro turnirda 7 ta, Osiyo musobaqalarida 3 ta, O‘zbekistondagi bahslarda 33 ta medal vakillarimizga nasib etdi.

Hozirda tumanimizdan 2024-yil Parijda o‘tkaziladigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga 1 sport turi bo‘yicha 2 nafar sportchi, paralimpiya bo‘yicha 1 nafar sportchi va 1 ta parasport turi bo‘yicha nomzod sifatida saralab olingan sportchilarimiz tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Tumanda yil oxirigacha 39 ming 600 nafar, ya’ni aholining 22 foizi sportga qamrab olinadi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 24, 2024-yilda 26 va 2025-yilda 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM