Naymanliklar orzusi ushaldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tashabbusli budjet” jarayonida 1574 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Nayman qishloq aholisining 28-maktabga filial qurish taklifi ro‘yobga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tanlovda “STRIVING FOR THE FUTURE” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘olib chiqdi. Qisqa fursatda qurilish ishlari yakunlandi. Ushbu maqsad uchun 610 million so‘m mablag‘ sarflandi. Yangi o‘quv yili munosabati bilan 100 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi.

Muhammadjon SULAYMONOV,

Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM