SHHT sammiti mintaqada tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqichni boshlab bermoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqandda dunyoning yarim aholisi istiqomat qiladigan mamlakatlar rahbarlari jam bo‘ldi. Shanhay hamkorlik tashkilotining ushbu sammiti pandemiyadan so‘ng o‘tayotgan ilk yuzma-yuz uchrashuv ekani bilan ham ahamiyatlidir.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston SHHTning ta’sischisi, faol tashabbuslar muallifi hisoblanadi. Bugungi kungacha 50 dan ortiq taklif va loyihalar aynan mamlakatimiz tomonidan xalqaro maydonga olib chiqilgani davlatimiz nufuzining oshib borishiga xizmat qilyapti.

Sammit oldidan Prezidentimizning ushbu tadbir konsepsiyasiga bag‘ishlangan mualliflik maqolasini o‘qib, xalqaro tadbir mohiyati haqida yana ham chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldim. 

Siyosiy-harbiy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, global iqlim o‘zgarishlari, suv resurslarining tanqisligi kabi ko‘plab global kishilik jamiyati rivojiga tahdid solmoqda. Insoniyatni endi turli mafkuralar, harbiy omillar emas, iqtisodiy-madaniy, ijtimoiy hamkorlik qutqara oladi. 

Yana bir jihat. Prezidentimiz O‘zbekistonning xalqaro maydondagi jarayonlarga munosabatini ham aniq ko‘rsatib berganlari maqolaning muhim jihatidir. Mamlakatimiz geosiyosiy qutblashuv, global raqobat va qudratli davlatlar manfaatlari to‘qnashuvida tomonlardan birini tanlamaydi. Ziddiyatlarga qo‘shilmaydi. O‘zbekiston o‘zining ko‘p vektorli va teng vektorli tashqi siyosiy yo‘nalishini saqlab qoladi!

Ishonchimiz komilki, SHHT sammiti yurtimiz va mintaqada tinchlik, har tomonlama manfaatli hamkorlikning yangi bosqichiga turtki bo‘ladi.

Shohista NAMOZOVA 40-IDUM direktori,

tuman kengashi deputati.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM