Nafaqa tayinlash mexanizmi ijtimoiy adolat mezonlariga asoslangan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

2022-yilning sentabr oyi uchun 12 ming 645 ta oilaga 5 milliard 462 million 362 ming so‘m bolalar nafaqasi, 193 ta oilaga 73 million 340 ming so‘m moddiy yordam puli moliyalashtirildi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sentabr oyi uchun 2021 nafar fuqaro arizalari kiritilgan. Shundan 922 ta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlandi, 1099 ta arizaga axborot tizimi orqali rad javobi berildi.

Shundan:

560 tasi oilaning mehnatga layoqatli ishsiz a’zosi mavjudligi;

510 tasi oilaning daromadi mezondan ortiqligi;

39 tasi oilada yangi avtotransport vositasi mavjudligi;

37 tasi oilada ikki va undan ortiq avtotransport vositasi mavjudligi;

79 tasi oila a’zosi nomida ikki va undan ortiq turar joy yoki noturar mulk mavjudligi sababli rad etilgan.

O‘rni kelganda ta’kidlash zarur, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash inson omilisiz “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, pensiya jamg‘armasi, mahalla fuqarolar yig‘ini va boshqa tashkilot xodimlari nafaqa olishingizga yordam berolmaydi.

Sohaga oid holatlarda ta’magirlikka duch kelsangiz 1140, (66) 235 54-62, (66) 233 47-50 ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Navro‘za Hamdamova

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i

Tel.: (66) 475 24-45

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM