Maktabgacha ta’lim tizimidagi moliyaviy qonunbuzarliklar deputatlar muhokamasida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 64-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova axborot berdi.

Qayd etilishicha, sektor shtablari qoshida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlariga bugungi kungacha 312 nafar ayollar jalb etilib, tikuvchilik, to‘quvchilik, qo‘g‘irchoqsozlik, zardo‘zlik sohalariga o‘rgatilgan. Oliy ta’lim olish istagidagi 219 nafar ehtiyojmand oila qizlari uchun qo‘shimcha davlat granti o‘rinlariga tavsiyanoma, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan ayollarga yo‘llanma berilgan. Shuningdek, kelgusida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollar ulushini 40 foizga yetkazish rejalashtirilayotgani aytildi.

Sessiyada tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Xoliqovaning tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirishga doir taklif-mulohazalari eshitildi. Bu borada deputatlar tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilishi va qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilishi belgilandi.

Kun tartibiga ko‘ra, “Mehr daftari” tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Burhonovning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan moliyaviy nazorat natijalari qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bilan bog‘liq hisob-kitobning o‘zida 26 holat bo‘yicha 24 million 770 ming so‘m ortiqcha to‘lovga yo‘l qo‘yilgan. Haqiqatda ishlamagan shaxslarga soxta hujjatlar orqali 99 million 148 ming so‘m oylik maosh yozilib, budjet mablag‘lari talon-taroj qilingani esa masalaning og‘riqli jihatidir.

O‘rganish natijalari tuman prokuraturasiga taqdim etilishi belgilandi.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM