Hafiza O‘sarova yangi vazifaga saylandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 1-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz obro‘-e’tiborli, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar, onaxonlardan iborat “Oqila ayollar” harakatini tashkil etishni taklif qilgandi. Bunda harakat a’zolari mahallaning vijdoniga aylanishi, jamiyatni ma’rifat sari yetaklashga qodir kuchga aylanishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu asosda “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. 
Tuman hokimligida o‘tgan yig‘ilishda ushbu hujjat mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Oila va xotin-qizlar bo‘limida doimiy faoliyat olib boruvchi jamoatchilik tuzilmasi – “Oqila ayollar” harakatini tashkil etish, a’zolarni saylash va mahallalarga biriktirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H.Rahimova raislik  qilgan tadbirda 30 kishidan iborat “Oqila ayollar” harakati tarkibi saylandi. Ko‘pchilik ovozi bilan O‘sarova Hafiza Qobilovna harakat yetakchisi etib saylandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM