Murojaatga bepisand rahbarlarga qat’iy chora ko‘riladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 67-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda hududiy dasturlar ijrosi, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan axborot berildi. “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi 4-sektor misolida tahlil qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya kun tartibida ijro intizomi ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilicha, fuqaro murojaatlari, yuqori bo‘g‘indan kelgan topshiriq va xatlar ijrosini ta’minlashda ayrim mutasaddilar tomonidam mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Jumladan, telegram mesenjeri hamda ishonch telefoni orqali kelib tushgan ijtimoiy soha bo‘yicha 2 ta, qurilish tarmog‘ida 4 ta, xotin-qizlar masalasiga oid 9 ta murojaat qonunda belgilangan muddat o‘tgan bo‘lsa-da, ijroga qaratilmagan. Bu borada, majburiy ijro byurosi, davlat soliq inspeksiyasi, elektr tarmoqlari korxonasidagi ko‘rsatkichlar ayniqsa, salbiy.

Joriy yilning 25-iyul kuni tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida viloyat teleradiokompaniyasi jonli efirida o‘tkazilgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida aholidan 41 ta murojaat kelib tushgan edi. Ijrosi tahlil qilinganda tegishli mas’ullarning befarqligi va mas’ulyatsizligi tufayli 29 tasi bo‘yicha hamon amaliy ish ko‘rilmagani oydinlashdi.

Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar deputatlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ijro muddatlariga amal qilmay, aholi murojaatlariga bepisand munosabatda bo‘lgan rahbarlarga qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM