Qonun ustuvorligi ta’minlanadi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2021-yil 4-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan “Qo‘ng‘irot” MFYda yashovchi Zamira Bo‘riyeva tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 5x10 metr o‘lchamdagi molxonani o‘zini hisobidan buzdirish hamda “Abdurashidovchilar saxovati” fermer xo‘jaligining 606-sonli konturidagi 0,20 ga.er maydoniga to‘kilgan shag‘al tosh va blok g‘ishtlarni majburiy tartibda oldirish belgilanib uni ijro etishlik uchun Jomboy tuman majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

Majburiy ijro byurosi Jomboy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib fuqaro Z.Burievaga ogohlantirish xatlari berilgan bo‘lsada, ammo u har-xil vajlarni keltirib, o‘zini qon bosimi oshganini ko‘rsatishi natijasida sud qarori ijroetilmasdan qolingan.

2022-yil 13-oktyabr kuni Majburiy ijro byurosi xodimlarini talabnomasi asosida taklif etilgan barcha xodimlar bilan birga Jomboy tumani “Qo‘ng‘irot” MFYda yashovchi Bo‘rieva Zamirani uyiga bordik hamdau tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, ijrochilar tomonidan olib borilgan texnika yordamida molxona buzib tashlandi va sudning hal qiluv qarori ijro etilganini ma’lum qilaman.

Abdurashid ESONOV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM