Agrar tarmoqning “oltin fond”lari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida tuman hokimi va jomboylik yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Tuman hokimligi va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish orqali bitiruvchi-yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bilimi, iqtidoridan unumli foydalanish maqsad qilinmoqda. Joriy yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham bu borada aniq topshiriqlar belgilangan edi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda 260 nafardan ortiq tumanimiz yoshlari viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida pedagogika, arxitektura, tibbiyot, veterinariya, iqtisodiyot, turizm va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida ta’lim olyapti. Shundan 57 nafari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Tuman hokimi Qayum Sobirov ular bilan uchrashib, maqsad va rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuvda tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, tarmoqlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi videorolik namoyish etildi. Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning oldida turgan vazifalar haqida fikrlar bildirildi.

Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimi va mutasaddilarga murojaat etishdi. Kelgusida ularning salohiyatidan kelib chiqib bandligini ta’minlash choralari kelishib olindi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan nashr etilgan kitoblar oliygoh kutubxonalariga sovg‘a qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM