Tumanimizda 451 ming tup ko‘chat ekiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qoramo‘yin mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”ni sifatli tashkil etish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, fermer va tadbirkorlar qatnashdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Himmat Oqbo‘tayev hamda tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, manzarali gul qalamchalarini qadashda har bir rahbardanmas’uliyat talab etilishi, jarayonga fidoyilik bilan yondoshish zarurligini ta’kidlashdi. Mutaxassislar tomonidan nihollar samarali amal olishida asqotadigan tavsiyalar berildi.

Qayd etish joizki, tumanimizda “Dolzarb 40 kunlik” davomida 451 ming tup ko‘chat ekish maqsad qilinmoqda. Seminar doirasida 12 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Yashil bog‘” loyihasi taqdimot qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM