Muallim va muharrir yodi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm
Samarqand davlat universitetida atoqli adabiyotshunos olim G‘afurjon Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan “Muallim va muharrirga ehtirom” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov ochib, marhum olimning shaxsiyati, qoldirgan boy ilmiy-ijodiy merosiga to‘xtaldi. Tojikistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda onlayn platforma orqali so‘zga chiqdi. Ikki birodar xalqlarning do‘stlik rishtalari, adabiy aloqalarini mustahkamlashda Samarqand maktabining o‘rni katta bo‘lganini yodga oldi.
 
Professor G‘afurjon Mahmudov jomboyliklar uchun ham yaxshi tanish. Olimning Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy kabi fors-tojik hamda o‘zbek adabiyoti siymolari ijodi tatqiqiga bag‘ishlangan asarlari milliy adabiyotshunosligimizda qimmatlidir.
 
Anjumanda so‘zga chiqqan tumanimiz hokimi Qayum Sobirov ushbu jihatlarni alohida ta’kidladi. Samarqand davlat universiteti kutubxonasi va G‘afurjon Mahmudov uy-muzeyiga “Jomboy: kecha, bugun, ertaga” kitobi sovg‘a qilindi.
2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM