Navqiron yurtimiz Bosh Qomusi 30 yoshda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi tumanimizda ham yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayram tadbirida davlat va jamoat ishlarida faol qatnashayotgan turli soha xodimlari, mehnat faxriylari va el ardog‘idagi nuroniy otaxon-u, onaxonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman hokimi Qayum Sobirov va viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev ochib berdi. Bosh qomusimizning tarixi, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi islohot va o‘zgarishlarning barchasiga Konstitutsiyamiz huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qildi. Bu uning haqiqatdan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, mukammal va puxta ishlangan hujjat ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida ulkan islohotlar davri boshlandi. Ushbu jarayonda Bosh Qomusimizni yanada takomillashtirish, Yangi O‘zbekistonning kelajak maqsadlarini belgilaydigan, xalqaro meyorlarga mos hujjatga aylanti-rishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Konstitutsiya sabab O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z so‘ziga ega davlat sifatida kamol topyapti.

Tadbirda jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Madaniyat va xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM