7343 nafar jomboylik xodimlar faoliyati legallashtirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 71-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi ijrosi yuzasidan davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Baratov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida norasmiy ishlab kelgan 7343 nafar yurtdoshlarimiz faoliyati legallashtirilgan. Shuningdek, 473 ta kichik va o‘rta loyihalar hamda 33 ta shoxobchalar tashkil etilishi natijasida 2696 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari, sanoat sohasida 46 milliard, xizmat ko‘rsatish sohasida 8,9 milliard, qishloq xo‘jaligida 3,5 milliard so‘mlik loyihalar ro‘yobga chiqqan. Narijada, 151 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Kun tartibiga ko‘ra, “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichi yakuni bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, yil boshida, 3276 nafar yordamga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, 3236 nafariga turli shaklda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shundan 1241 nafarining bandligi ta’minlangan. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 225 nafar xotin-qizlarga 2 milliard 760 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. I va II guruh nogironligi bo‘lgan, og‘ir xastalikka chalingan 505 nafar opa-singillarimiz chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularga sog‘lig‘ini tiklash uchun 545 million so‘mlik moddiy yordam ajratilgan.

Sessiya ishida Ahmadjon Qurbonov mahalla fuqarolar yig‘inidagi nomsiz ko‘chalar va tumandagi qabristonlarni nomlash masalasi ham muhokama etildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM