
Avvalo, Siz azizlarni, Yangi – 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Bayram shukuhi kezib yurgan ushbu daqiqalarda barcha yaqinlaringizga sihat-salomatlik, baxt-u, saodat xonadonlaringizga qut-baraka tilayman!
O‘tib borayotgan yil mamlakatimiz, jumladan tumanimiz uchun ham muvaffaqiyatli keldi. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” umumg‘oyasi asosida ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqdi. Ravon yo‘llar, yangi uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati sabab mo‘l hosil yetishtirildi. Bu boradagi ishlarimiz 2023-yilda yanada uyushqoqlik bilan davom ettiriladi.
Aziz do‘stlar!
Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Shundan kelib chiqib, mahallalarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarga sifatli ta’lim berish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tumanimizni yanada rivojlantirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Jomboyliklar hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Bu borada Yaratgan barchamizga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat ato etsin.
Yangi yilimiz qutlug‘ va barakali kelsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Qayum Sobirov,
Jomboy tumani hokimi.