73-sessiya: “Tashabbusli budjet” jarayoni sarhisob qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining yetmish uchinchi sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibiga ko‘ra, 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar yuzasidan tuman ishchi guruhi hisoboti eshitildi.
Qayd etilishicha, “Tashabbusli budjet” jarayoni 2 bosqichda tashkil etilgan. Birinchi mavsum uchun 4 milliard 774,1 million so‘m yo‘naltirilgan. Aholidan kelib tushgan 167 ta taklif uchun 24 ming 338 ta ovoz berilgan. Yakunda g‘olib deb topilgan 6 ta loyiha uchun 4 milliard 508 million so‘m ajratilgan.
Ikkinchi mavsumda fuqarolar tomonidan 165 ta loyiha ilgari surilib, 144 tasi komissiya tomonidan saralab olingan. Moliyalashtirish uchun 4 milliard 18 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, 4 milliard 655 million so‘mlik 4 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Bundan tashqari 2022-yil 25-oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan, g‘olib deb topilmagan, ammo 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan1 ta loyiha uchun 1 milliard 128 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Sessiyada xalq deputatlari tuman kengashining 2023-yilga mo‘ljallangan 1-yarim yillik ish rejasi hamda doimiy komissiyalarning 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Shodlik mahallasidagi nomsiz ko‘chalarga nom berish va Qamchinota ziyoratgohi nomini tasdiqlash masalasi muhokama etildi.

2015-2023 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM