“Tashabbusli budjet”: 107 ta taklif kelib tushdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ochiq budjet” axborot portalida yangi mavsum e’lon qilingandi. Tashabbuskor yurtdoshlarimi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holga kelib qolgan ichki yo‘llar hamda ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jihozlash kabi masalalarda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishdi.
1-bosqich yakunida 107 ta loyiha kelib tushdi. Jumladan:
– Ichki yo‘llarni ta’mirlash va ko‘cha chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha 38 ta;
– Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 29 ta;
– Elektr ta’minotini yaxshilash (trasformatorlarni almashtirish va qo‘shimcha o‘rnatish, yaroqsiz simyog‘ochlarni almashtirish) bo‘yicha 14 ta;
– Mahalla binolarini ta’mirlash va guzar qurish bo‘yicha 5 ta;
– Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 4 ta;
– Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 6 ta;
– Boshqa ijtimoiy sohalar bo‘yicha 11 ta loyiha ilgari surildi.
2-bosqich jarayoni ishchi guruh tomonidan tizimli tashkil qilingan bo‘lib, loyihalarni me’zon talablari asosida saralash va o‘rganish uchun malakali xodimlari jalb etildi. Ushbu bosqich 18-martga qadar davom etadi. 
Ovoz berish jarayoni 18-martdan boshlanadi.
Ushbu mavsumda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 5 milliard 897 million 836 ming so‘m jamg‘arilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 (66) 475-16-16

Muhammadjon SULAYMANOV,
Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM