Bajarilgan ishlar sifati o‘rganildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aziz yurtdoshlar!

So‘nggi vaqtlarda respublikamizning turli hududlarida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida moliyalashtirilgan loyihalar sifatsiz bajarilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Bu kabi noxushlik, korrupsiya illatlarining oldini olish maqsadida tumanimizdagi loyihalar holati o‘rganildi. Bunda ajratilgan pul mablag‘larining o‘zlashtirilishi va belgilangan maqsadlarda foydalanilishi, pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar sifati baholanishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, mahalliy budjetning tasdiqlangan va qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 2022-yilda tumanimizda 4 milliard 209,1 million so‘mlik
5 ta loyiha foydalanishga topshirilgan. O‘rganish davomida ushbu loyihalarning ro‘yobga chiqishida 97,2 million so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani oydinlashdi.

Jumladan, tuman markazida zamonaviy kutubxona qurish loyihasi bo‘yicha 5,8 million so‘mlik bajarilmagan ishlar hajmi hisobotlarga qo‘shib yozilgan. 20-umumta’lim maktabiga filial qurish loyihasida esa 85,8 million so‘mlik kamchiliklar aniqlangan.

Bundan tashqari, Naymantepa mahallasi ichki yo‘llarini asfalt qilish loyihasi doirasida 5,6 million so‘mlik bajarilmagan ishlar oshirib ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmachi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va muddat belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM