Jomboyga qariyb 8 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz joriy yilning 10-aprel kuni “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayoni 1-mavsumida g‘olib bo‘lmagan, ammo 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan loyihalar qo‘shimcha tarzda moliyalashtirilishi belgilandi.

Tumanimiz bo‘yicha 7 ta loyiha ushbu tasnifga kiritilgan. Bunda jomboylik tashabbuskor aholi tomonidan ilgari surilgan takliflar uchun respublika budjetidan 7 milliard 871 million so‘m ajratiladi.

– 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 60 o‘rinli qo‘shimcha bino, 3 ta yozgi ayvoncha, musiqa zali qurish, hudud devorini baland ko‘tarish loyihasi 4138 ta ovoz bilan 7-o‘rinni;

– Qozon, Guzay, O‘rtabozor, Sherqo‘rg‘on va Og‘ajon qishloqlaridan o‘tuvchi asosiy yo‘lni mukammal ta’mirlash loyihasi 4008 ta ovoz bilan 8-o‘rinni;

– Tuman tibbiyot birlashmasining asosiy bino yer to‘lasini joriy ta’mirlash loyihasi 3270 ta ovoz bilan 9-o‘rinni;

– 19-umumta’lim maktabiga 150 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish loyihasi 3016 ta ovoz bilan 10-o‘rinni;

– 32-umumta’lim maktabining 360 kvadrat/metr tashqi fasad, 900 kvadrat/metr tom qismini ta’mirlash, 30 kvadrat/metr eshiklarini “mdf”ga yangilash, issiqlik tizimini almashtirish, 2 xonali qo‘shimcha bino, 10 ochkoli hojatxona, ko‘mir ombori qurish, hududni devor bilan o‘rash, 5 kilovaatli quyosh panellari o‘rnatish loyihasi 2780 ta ovoz bilan 11-o‘rinni;

– 15-umumta’lim maktabining 525 kvadrat/metr derazalarini zamonaviy metall romlarga almashtirish, 120 kvadrat/metr eshiklarini “mdf”ga yangilash, 385 metr hududni devor bilan o‘rash loyihasi 2273 ta ovoz bilan 12-o‘rinni;

– 18-umumta’lim maktabining 690 kvadrat/metr tom qismini almashtirish, faollar zali va sport zalini ta’mirlash, 580 kvadrat/metr pol qismini ranglash, 575 kvadrat/metr derazalarini zamonaviy metall romlarga almashtirish, yangi issiqlik tizimi o‘rnatish loyihasi 2116 ta ovoz bilan 13-o‘rinni egalladi.

Jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning so‘nggi muddati iyul, qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarishning so‘nggi muddati avgust oyi etib belgilandi.

Muhammadjon SULAYMONOV,
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM