Farzandlikka olish huquqini sud belgilaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mamlakatimizda faqat voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish mumkin. Oila kodeksining 151-moddasida bolaning manfaatini ko‘zlagan holdagina bunga yo‘l qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan.

Jarayon farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslarning arizasi, vasiylik va homiylik organi tavsiyasi asosida sud qarori bilan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, 10 kun ichida FHDY organida bolaning tug‘ilishini qayd etish dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritiladi.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, farzandlikka olinuvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, asab yoki narkologiya dispanseri nazoratida turuvchi, shuningdek ilgari qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchi bo‘lolmaydi. Bundan tashqari, farzandlikka oluvchi va olinuvchilar o‘rtasidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart. 

Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.

Dildora JO‘RAYEVA,

tuman FHDY bo‘limi inspektori.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM