Qishloq yo‘li obod bo‘lishiga hissa qo‘shing

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tashabbusli budjet” jarayonida qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash taklifini ilgari surib, g‘olib bo‘lolmadingizmi? Sizda yana bir imkoniyat bor. “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining yangi mavsumiga start berildi.

“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida bu haqida aniq mexanizm belgilangandi. Unga ko‘ra, ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foizi fuqarolar ilgari surgan takliflar uchun yo‘naltiriladi. 

2023-yil tumanimiz ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan “Mening yo‘lim” loyihasiga 2 milliard 100 million so‘m joylashtirildi. Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 17-aprelidan 27-apreliga qadar davom etadi. Ilgari surilgan tashabbuslar uchun ovoz berish jarayoni 28-apreldan 7-maygacha davom etadi.

Muhammadjon SULAYMANOV,
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM