Nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz endi sarson bo‘lmaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 28-fevral kuni qabul qilingan Prezident farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda jamiyatimiz taraqqiyotining barcha sohalari qamrab olingani e’tiborga molik.
Xususan, pensiya va nafaqa tayinlash tizimida ham yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishga oid islohot ko‘zda tutilyapti. Ya’ni, 1-apreldan boshlab nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasallik va asoratlarga chalingan shaxslarga idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali nogironlik belgilanishi joriy etildi. Bunda fuqaroning ishtiroki talab etilmaydi.
Bundan tashqari, fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash ham ko‘zda tutilmoqda. 2024-yil 1-yanvardan boshlab, hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.

Navro‘za HAMDAMOVA,
pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM