Qariyb 192 million so‘m kredit qarzdorligi undirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tadbirkorlik jamiyatimiz rivoji uchun muhim tarmoq. Xususiy sektor davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani bejiz emas. Ammo yaratib berilayotgan sharoitlardan foydalanish bilan bir qatorda tadbirkor o‘z majburiyatini ham unutmasligi kerak. Aks holda, muayyan javobgarlik yuzaga keladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud tomonidan yaqinda ushbu mazmunda ish ko‘rildi. Hal qiluv qaroriga ko‘ra, “Qorasuv-2017” fermer xo‘jaligi hamda qo‘shimcha javobgar I.A. hisobidan “Agrobank” tuman filiali foydasiga 191 million 923 ming so‘mlik kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limida shu asosda ish yuritildi.

Olib borilgan harakatlar davomida qarzdorlik to‘liq undirildi.

Hasan BOZORBOYEV,

davlat ijrochisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM