Ipoteka kreditlarining 30 foizi xotin-qizlarga ajratiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqimiz yildan-yilga o‘sib, yangi oilalar vujudga kelmoqda. Bunda yangi xonadonlarga ehtiyojning ortishi ham tabiiydir. Mamlakatimizda bu borada aniq qonunchilik mexanizmi ishlab chiqilgan.

Yaqinda “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan Prezident farmoni sohani yanada tartibga olishda muhim hujjat bo‘ldi.

Unga ko‘ra, banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar uchun ham ipoteka krediti ajratish huquqi berilmoqda. Bunda toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalaniladi. Jumladan, qarz oluvchining bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalari oʻrnatiladi.

Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi.

Qayd etish joizki, joriy yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha 44 ming 690 ta ipoteka krediti ajratilishi kutilmoqda. Shundan kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi belgilangan. 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi.

Ma’rufjon ABDUSALOMOV, 

tuman hokimligi yuristkonsulti.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM