70 yoshli tadbirkor ta’lim markazi barpo etdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Har yili yuzlab yangi va zamonaviy maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sport va san’at majmualari barpo etilyapti.

Xalqimizning umummilliy maqsadi farzandlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay, jahon yoshlari bilan barobar bellasha oladigan aql-zakovat sohiblari bo‘lishsin. Quvonarlisi, ushbu maqsad yo‘lida tadbirkor va ishbilarmonlar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari tobora birlashmoqda. Buning yorqin namunasi sifatida tumanimizning Sherqo‘rg‘on mahallasida barpo etilgan yangi o‘quv markazini ko‘rsatish mumkin.

Asadulllo Normatov umrining yarim asrini jamiyat rivojiga bag‘ishlab, nafaqa chiqqan inson. U kishi markazdan olis bo‘lgan Sherqo‘rqon qishlog‘iga ham o‘quvchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar, xorijiy tillar o‘tiladigan markaz kerakligini tushunardi. Shu maqsad ro‘yobi uchun 54-umumta’lim maktabi yaqinidagi o‘ziga tegishli yer maydonida bino qurishga kirishdi. Qisqa muddatda qurib bitkazilgan ikki qavatli majmuada barcha sharoitlar mavjud. Sinf xonalarida ingliz va rus tili to‘garaklari, tarix va ona tili mashg‘ulotlari o‘tilmoqda. Xonalardan biri kutubxona uchun moslashtirilgani e’tiborga molik. 

Ochilish marosimida tuman hokimi Qayum Sobirov, sektor rahbari Jamshid Jabborov, mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar qatnashdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM