2 ming gektar uzumzor barpo etiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz joriy yilning 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi uzumzorida bo‘ldi. Tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagan davlat rahbari iqlimi uzumchilikka mos tumanlarda ushbu tajriba asosida tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublik seminari o‘tkazilib, viloyatimiz vakillari ham ishtirok etdi. Ular ko‘rgan tajribalarni viloyat hududlarida ommalashtirish, iqlimi mos tumanlarda uzumchilikni rivojlantirish borasida alohida rejalar ishlab chiqdi. 

Oltiariq tumanida otgan seminarda Xitoypoyon mahallasi raisi vaGulnigor dalasifermer xojaligi boshligi bilan birgalikda ishtirok etdik, – deydi Jomboy tumani hokimi orinbosari A.Ikromov. – Oltiariqdagi onga yaqin xonadonning uzumchilik faoliyati bilan tanishdik. Xonadon sohiblari va boshqa mutaxassislar bilan suhbatlashib, tajriba almashdik. Tumanimizda ham sohani rivojlantirish uchun rejalar belgilab oldik. 

Jumladan, joriy yilning avgust oyida tumandagi barcha mahalla raislari va uzumchilikni tashkil qilish istagidagi tashabbuskorlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari boshliqlari, shuningdek, boshqa tashkilot va korxona vakillarini Oltiariq tumaniga qisqa muddatli xizmat safariga yubormoqchimiz. 2023-2026 yillarda 2 ming gektar yerda uzumzor tashkil etish uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqyapmiz. 2023-yil yakuniga qadar 450 gektar va keyingi yillarda aniq manzillari va muddatlari ko‘rsatilgan aholi tomorqalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ekin maydonlari atrofi, ariq va zovurlar cheti hamda yo‘l yoqalariga tok ekishni rejalashtiryapmiz. Shuningdek, tumandagi “Ahmadjon Qurbonov”, “Guliston”, “Mamatqul Bozorov”, “Normamat Esonturdiyev” va “Mirzo Ulug‘bek” massivlarida ball-boniteti past bo‘lgan, bog‘dorchilikka mo‘ljallangan yerlardan 500 gektar maydon uzumchilik uchun ajratiladi. Oltiariq tumanidan tajribali dehqonlarni jalb etish niyatidamiz.

O‘ktam XUDOYBERDIYEV.

 

2015-2023 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM