Nodavlat va notijorat tashkilot rahbarlari hamda hisobchilari diqqatiga!

Jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan (Nodavlat-notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida 2019 yil uchun hisobot) 1-NNT shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2020 yilning 2-martidan kechiktirmay www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlariga joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron ko‘rinishda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, ma’lumotlarni noto‘g‘ri ko’rsatishi yoki muddatlarga amal qilmasligi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasiga ko‘ra, javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tuman statistika bo‘limi

Murojaat uchun telefonlar: (366) 475-18-30, (371) 230-85-55

2015-2020 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM