Simyog‘och kimga “suyanadi?”
Sun, 27/08/2023 - 12:53Kundalik hayotimizni elektr quvvatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sanoat sohasining mo‘tadil faoliyat yuritishi ham ko‘p jihatdan elektr energiyasiga bog‘liq. Binobarin, undan oqilona foydalanish kerak. Bugun uzoq qishloqlargacha elektr ta’minoti yetib borgan. Minglab chaqirimga tarmoq liniyalari orqali energiya yetkazib beriladi.