Somon yoqqan fermer jarimaga tortildi
Tue, 27/06/2023 - 09:56Shu kunlarda rizq-ro‘zimiz manbai – g‘alla o‘rim-yig‘imi ishlari olib borilyapti. Jarayonda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari, qoldiqlarini yoqib yuborish holatlari uchrab turgani ichinarlidir. Vaholanki, bunday xatti-harakat “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4, 24-moddalarining buzilishiga olib keladi.