insurez
28-06-2024 12:08

Hokim yordamchilariga mas’uliyat yetishmayapti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanimizdagi xalq qabulxonasi tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha, hokim yordamchilarining o‘rtacha natijasi 72,81 ballni tashkil qildi.  Sektorlar kesimida eng past ko‘rsatkich 2-sektor (70,48), mahallalar kesimida esa Naymantepa (63,73) hududida qayd etildi.

E’tiborlisi, eng past samara bergan hokim yordamchilari surunkali ravishda tuman natijasini orqaga tortib kelmoqda. Jumladan, Naymantepa mahallasi hokim yordamchisi G‘.Tursunov, Nogahon mahallasi hokim yordamchisi X.Kushanov, Beshbola mahallasi hokim yordamchisi A.Boltaqulov reja-topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani va eng past natija ko‘rsatgani sabab ogohlantirilgan.

Imtiyozli kredit bo‘yicha ham ayrim hududlarda oqsoqlik kuzatilmoqda. Xususan, No‘sh, Tut, Qoramo‘yin, Ahmadjon Qurbonov mahallalarida reyting ko‘rsatkichi tushib ketgan.

Bundan tashqari, ishga joylashtirish borasidagi mummolar ham dolzarbligicha qolyapti. Tumanimiz bo‘yicha 11,79 ball qayd etilgani haqiqiy holatdan darak beradi.

Bu borada tegishli mutasaddilarga ma’lumot taqdim etildi.

Hamza TO‘RAYEV,

Xalq qabulxonasi mudiri.

 

Teglar
- -