insurez
11-07-2024 14:07

Yashirin iqtisodiyotga qarshi birgalikda kurashaylik


Yashirin iqtisodiyot – milliy iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida xufiyona tarzda amalga oshiriladigan, nazorat qilinmaydigan hamda soliqlardan bo‘yin tovlashga qaratilgan faoliyatdir.

Bu davlatning iqtisodiy negiziga salbiy ta’sir qilish bilan birga, halol raqobat muhitining shakllanishi hamda korrupsiyaga murosasizlik bilan kurashish borasidagi tadbirlar natijadorligiga jiddiy putur yetkazadi.

Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotning yangi usul va kanallari shakllanayotganligi iqtisodiyotimiz uchun real xavf sanalib, unga barvaqt barham berilishida insofli tadbirkorlar hamda jamoatchilikning ishtiroki muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli, yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish uchun Bosh prokuraturada “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” (https://t.me/YashirinIqtisodiyotTakliflarBot) telegram boti ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali qurilish, farmatsevtika, ulgurji savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport, umumiy ovqatlanish, turizm, ko‘chmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq to‘lovlari, soliq tekshiruvlari, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda ma’muriy tartib-taomillar kabi bir qator yo‘nalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarning oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin.

Ta’kidlash joiz, ushbu telegram bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

Tashabbuskor tadbirkorlar va fuqarolarimizni faollikka chaqirib, qonunlarga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning oldini olish va unga qarshi kurashish bilan bog‘liq takliflar jamiyatimiz ravnaqida muhim o‘rin tutadi, degan umiddamiz.

Teglar
- -