insurez
12-03-2024 10:57

Jomboyda zaytun yetishtiriladi


jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mevasi ham, yog‘i ham koni foyda, ayni vaqtda qimmat bo‘lgan zaytun har qanday iqlimga mos kelavermaydi. Zero, nisbatan issiq va dengiz bo‘yi davlatlarida yetishtiriladi. Yurtimizga esa shu paytgacha faqat import mahsulot sifatida kirib kelgan. 

– Lekin seleksiya natijasida nisbatan sovuqroq iqlimga mos navlar ham yaratilyapti, – deydi tumanimizdagi “Bog‘bon” agrolaboratoriyasi rahbari Ilyos Haydarov. – Jumladan, ispaniyalik seleksionerlar yaratgan “Orbikina” navi 22 daraja sovuqqa chidamli bo‘lib, asosan yog‘ olish uchun o‘stiriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 gektar maydonda joylashgan agrokompleksda laboratoriya sinovlaridan o‘tgan turli xil ko‘chatlar, jumladan, zaytunning yuqorida tilga olingan navi yetishtiriladi. “Zaytun plantatsiyalarini ko‘paytirish loyihasi asosida agrokompleksimizda 100 ming tupdan ortiq ko‘chat tayyorlandi”, deydi mutaxassis.

Joriy yilda agrokompleksda ilk marta zaytun ko‘chatlari ekildi. 2022-yil Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 50 gektar “Orbikina” ekilgan, bu O‘zbekistondagi birinchi zaytun plantatsiyasi edi. Hozirda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida ham zaytunzor yaratishga kirishilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, gektariga 800 tup ko‘chat talab etiladi. Risoladagidek qaralganda uchinchi yildan boshlab 1 tonnagacha hosil beradi. Undan 300 litr yog‘ olish mumkin. Hosildorlik o‘ninchi yilga borib 3-4 barobarga ko‘tariladi.

Teglar
- -