insurez
17-05-2024 17:45

Taniqli jurnalistning umr yo‘li


46-umumta’lim maktabida jurnalistlar uyushmasi a’zosi, taniqli publitsist Sabohat Norbo‘tayeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda jomboylik ijodkor-ziyolilar, yoshlar vakillari qatnashdi.

Sabohat Norbo‘tayeva tumanimiz farzandi. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida bosma matbuot sohasida samarali faoliyat yuritgan. Xususan, “Shonli mehnat” (hozirgi “Jomboy tongi”), “Sirdaryo haqiqati”, “Soliq va bojxona xabarlari”, “Adolat ko‘zgusi” gazetalarida 200 dan ortiq o‘tkir tahliliy, badiiy-publitsistik asarlari chop etilgan.

Ustoz-jurnalistning so‘nggi yillarda nashr etilgan “Oltin sabr” va “Men gazetadanman” kitoblari taqdimot qilindi. “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Rohiba Hasanova, jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Akram Haydarov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi rahbari Hafiza O‘sarova so‘zga chiqib, ijodkor asarlarining badiiy qimmati haqida fikr bildirishdi. Shuningdek, tadbirda Sabohat Norbo‘tayevaning bolalikdagi do‘stlari, yaqinlari qatnashdi.

 

 

Teglar
- -