insurez
07-05-2024 19:40

Xalq maslahatchisi qanday saylanadi?


Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan mahalla faollari, pedagoglar, tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirokida xalq maslahatchilari saylovini o‘tkazish, uning mazmun-mohiyati hamda odil sudlovni amalga oshirishdagi ahamiyati yuzasidan davra suhbati va targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 59-moddasida 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan respublika fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.

Xalq maslahatchilari saylovida benuqson obro‘-e’tibor va hayotiy tajribaga ega, halol va yuqori malakali mutaxassislar, mehnat faxriylari gender tengligi hamda faoliyat sohalarini qamrab olgan holda tanlab olinadi. Bunda mahalla vakillari 25 foiz, huquqshunoslar 15 foiz, iqtisodchilar 15 foiz, pedagoglar 15 foiz, tadbirkorlar 15 foiz, tibbiyot xodimlari 10 foiz hamda yoshlar 5 foizni tashkil etishi kerak.

Xalq maslahatchilari saylovini tashkil etishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahalla faollari, xotin-qizlar qo‘mitasi hamda keng jamoatchilik tavsiyalari e’tiborga olinadi. Nomzodlarning shaxsini atroflicha o‘rganishga hamda saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lganligiga nafaqa yoshida bo‘lmasligiga alohida ahamiyat berilishi lozim.

Abdusattor ABDURAZZOQOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha tumani sudi raisi.

Teglar
- -