Jomboyda adabiy muhit yanada rivojlanadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida taniqli ijodkorlar ishtirokida adabiy-badiiy kecha uyushtirildi. Tadbirda yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat O‘rxun, “Yoshlik” jurnali muharriri Nurulla Chori, hassos adib Sobir O‘nar hamda mashhur bolalar shoiri Orif To‘xtash qatnashdi.

Uchrashuv davomida ustoz adiblar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Adabiyot, baddiy ijod borasida yoshlarga tavsiyalar berishdi.

– Qo‘lga qalam olib, ijodga bel bog‘lash kishidan katta jasorat, iroda talab etadi, – deydi Nurulla Chori. – Ammo qalamning mas’uliyati ham bor. Bugun so‘zning qadriga yetsangiz, ertaga sizdan el suygan ijodkor chiqishiga imonim komil.

Tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov qatnashdi va so‘zga chiqdi. “Umid” klubi faoliyati, jomboylik yosh qalamkashlar bilan ishlashda yo‘lga qo‘yilgan tajriba, joriy yilda nashr etilgan tuman almanaxi haqida uchrashuv mehmonlariga ma’lumot berdi. Shuningdek, yaqin kunlarda “Jomboy: kecha, bugun va ertaga” nomli ensiklopedik to‘plam hamda “Zulfiya izdoshlari” nomli adabiy kitoblar nashrga tayyorlanishi e’lon qilindi.

Tadbir she’rxonlik kechasiga tutashdi. Havaskor yoshlar ustozlar huzurida o‘z ijodlaridan o‘qib berishdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM