"Zarafshon" milliy tabiat bog‘i hududa dam olish maskanlari, kemping va piknik maydonlari bunyod etilayotgani haqida xabar qilgandik. Shunday so‘lim maskanlarning navbatdagisi "Bog‘imaydon garden" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etildi.
Bir gektar hududni egallagan dam olish muassasasi 1,5 milliard so‘m evaziga qurib bitkazilgan. Har yili 2000 ming sayyoh qabul qilish quvvati mavjud. Ayni paytda 10 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, to‘liq quvvatda ish boshlagach, bu ko‘rsatkich 25 tagacha yetadi.
Muassasaning rasmiy ochilish marosimi saxovat tadbiriga ulandi. Ilk mehmonlar sifatida 65 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatildi.