6 milliard so‘mlik 6 ta loyiha moliyalashtiriladigan bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ochiq budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi yakunlandi. Aholidan kelib tushgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun 6 milliard 20 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgandi. Mavsum boshida 107 ta loyiha ilgari surildi. Belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan 81 ta loyiha umumxalq ovoziga qo‘yildi. 18 martdan 7-aprelga qadar o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 6 ta loyiha g‘olib, deb topildi. Jumladan:

– 14-umumta’lim maktabining isitish tizimini yangilash, 200 metr/kvadrat derazalar uchun zamonaviy metal rom o‘rnatish, maktab binosi tomini joriy taʼmirlash loyihasi 6473 ta ovoz bilan 1-o‘rin;

– 6-umumta’lim maktabi sport zalini kapital ta’mirlash loyihasi 5998 ta ovoz bilan 2-o‘rin;

– No‘sh qishlog‘iga 4 ta transformator, 80 ta temir-beton ustun o‘rnatish, 6375 metr tarmoq tortish loyihasi 4972 ta ovoz bilan 3-o‘rin;

– 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha 60 o‘rinli bino, qorovulxona qurish, eski binoning ichki qismi, yozgi ayvoncha va oziq-ovqat saqlash omborini joriy ta’mirlash, jihozlash, kirish qismiga plita yotqizish loyihasi 4810 ta ovoz bilan 4-o‘rin;

– 51- umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ta’lim va sport bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish loyihasi 4600 ta ovoz bilan 5-o‘rin;

– 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 60 o‘rinli qo‘shimcha bino, 2 ta yozgi ayvon, omborxona, oshxona qurish, atrofini devor bilan o‘rash, isitish tizimini ta’mirlash loyihasi 4508 ta ovoz bilan 6-o‘rinni egalladi.

Loyihalar xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingach, moliyalashtiriladi.

Jarayonda faol ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimiz hamda ommaviy axborot vositalariga minnatdorchilik bildiramiz.

Muhammadjon SULAYMONOV,
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM