“Ochil” sohibkorlari “Napalion” yetishtirmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ochil” fermer xo‘jaligi a’zolari ikki gektar bog‘dan unumli hosil olmokda. Ukrainadan keltirilgan gilosning “Napalion” navi serhosil  va yirikligi bilan ajralib turadi. Mahsulotning asosiy qismi Rossiyaga eksport qilinyapti. 

– Yangi nav kasalliklarga chidamli, – deydi xo‘jalik ish boshqaruvchisi Farruh Mahmudov. – Mevasi yirik va qattiq bo‘lgani uchun uzoq vaqt sifati buzilmaydi. Yana ikki gektar maydonda “Kaliforniya” navli yong‘oq parvarishlayapmiz. Zamonaviy texnologiyalar asosida mevali ko‘chatlarning yangi navlarini ko‘paytirish bog‘dorchilikning bugungi talabidir.

Sohib SAYFULLAYЕV olgan surat.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM